«Man Siti» bir qator futbolchilari bilan shartnomani uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

«Manchester Siti» asosiy tarkibdagi bir nechta futbolchilar bilan shartnomani yangilamoqchi.
Britaniyalik jurnalistlar berayotgan ma'lumotlarga ko'ra, «shaharliklar» darvozabon Ederson, himoyachilar Jon Stounz va Ruben Diash, shuningdek, hujumkor yarimhimoyachi Fil Fodenga yangi shartnoma taklif qilish arafasida.
Qayd etilishicha, klub allaqachon yuqorida aytib o'tilgan futbolchilar bilan muzokara olib bormoqda.
Ma'lumot uchun, «Man Siti» yangi mavsumdagi ilk rasmiy o'yinini 7 avgustda o'tkazadi. Klub Angliya superkubogi bahsi doirasida «Lester» bilan kuch sinashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244