Tokio-2020. Boks. Bahodir Jalolov ishonchli g'alaba bilan chorak finalga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Eng og'ir vazndagi bokschimiz Bahodir Jalolov Tokio-2020 olimpiadasidagi o'zining ilk jangini o'tkazdi. Unga ozarboyjonlik Muhammad Abdullaev raqiblik qildi.
Hamyurtimiz ilk raunddanoq ringda kim ustun ekanini namoyish eta boshladi. Hattoki ikkinchi bo'limda ham raqibning nokdaunga uchraganini qayd etdi. Uchinchi bo'limda esa Jalolov kuchni tejab ishladi va g'alabani rasmiylashtirdi — 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 30:26).
Chorak finalda hamyurtimizga Satish Kumar (Hindiston) - Rikardo Braun (Yamayka) jangi g'olibi raqib bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247