Shoma, «Roma»?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 239

Eshitgandirsiz, Eldor Shomurodov yaqin vaqt ichida Rimning «Roma» klubiga ijaraga o'tishi mumkin. «Jenoa» bilan muzokaralar boshlangan va ijara shartlari kelishib olinmoqda. Kelishishsin.
«Jenoa»mizni hurmat qilgan holda aytish kerak, «Roma» bu umuman boshqa daraja. Skudetto va Evrokuboklarga ko'z tikkan ambitsiyali klub. Katta tarix, yuksak afsonalar jamoasi. Kelajakka urg'u beryapti. Joze Mourino bosh murabbiy etib tayinlandi.
Portugaliyalik yulduz-murabbiy esa qarigan Jeko va formasini yo'qotgan Mayoral bilan hujumda ko'p narsaga erishib bo'lmasligini bilyapti. Eldor va Azmun variantlari ko'rib chiqilmoqda. Shoma uchun Mour bilan ishlash yuksak tajriba bo'ladi. Uning yoshlikdagi sevimli hujumchisi Dide Drogbani aynan Mour kashf qilgan. Umuman bu mutaxassisda taran forvardlar ochilgan. Drogba, Milito, Benzema, Balotelli. O'ylaymanki, Shomurodovda bu ro'yxatga qo'shilish uchun hamma ko'rsatkichlar bor. Muhimi kelishuv amalga oshsin, mayli ijara bo'lsa ham.
Mana endi savol. Shoma «Roma» kabi katta klubga o'tib, kuchli raqobatga duch kelishi yaxshimi yoki unga ishonch bildirayotgan «Jenoa»da qolish to'g'rimi? Siz nima deysiz?
Davron Fayziev.



Bosh sahifaga
251