O'yin amaliyotisiz qolgan Xartga Shotlandiyadan taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

«Tottenxem» darvozaboni Jo Xart yozda klubini o'zgartirishi mumkin.
Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, Shotlandiyaning «Seltik» klubi ingliz darvozaboni xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, Shotlandiya vitse-chempioni allaqachon «shporlar» bilan darvozabonni sotib olish borasida muzokaralarni boshlab yuborgan.
Ma'lumot uchun, Xart ikki mavsumdan beri Premer-ligada o'ynamayapti, u oxirgi marta «Byornli» safida APL doirasida ko'rinish bergan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229