«Vest Xem» Yarmolenkoga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

Londonning «Vest Xem» klubi «Vest Brom» etakchisi Matteus Pereyrani sotib olish niyatida. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar beradi.
«Bolg'achilar» Pereyrani uzoq vaqtdan beri kuzatib kelishmoqda va uni Angliya Premer-ligasi yangi mavsumi boshlanishidan oldin Sharqiy Londonga ko'chib o'tishiga ishonmoqdalar.
«Vest Xem» bosh murabbiyi Devid Moyes Pereyrani Andrey Yarmolenkoning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda. Ukrainalik futbolchi allaqachon transferga qo'yilgan.
Qo'shimcha qilish mumkinki, «Vest Xem»dan tashqari «Lester» ham Pereyra xaridiga urinib ko'radi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220