Kuchli beshlikdan tashqarida. Dunyodagi eng ko'p muxlisga ega klublar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 258

10. «Sporting CP»
Portugaliya chempionatida uzoq yillardan buyon kuchli uchlik shakllangan. Bu jamoalar doimo Evropa sahnida o'z sha'ni uchun kurash olib borishadi. Portugaliyada uchinchi jamoa sifatida e'tirof etiluvchi «Sporting» klubi har doim raqobatdosh bo'lgan. «Benfika» va «Portu» bilan kurashdan charchamaydigan jamoa dunyo futboliga Krishtianu Ronaldu kabi dahoni etkazib berdi. Aynan shu jihatlar klubning mamlakat va dunyo bo'ylab muxlislari ko'pligiga asos bo'lgan.
2.«Fenerbahche»
Istanbul shahrida asos solingan turk granti nafaqat Turkiyada balki Evropada ham o'ziga yarasha mavqega ega klublardan biridir. 28 marotaba Turkiya chempionligiga erishgan jamoaning Evromaydonda ham chuqur ildizlari mavjud. Xususan, «Fenerbahche» 2008 yilgi YChLning chorak finaligacha etib kelgan edi. Keyinchalik, Evropa ligasida 2013 yilgi yarim finalchiga aylangan. Shunday natijalari uchun ushbu klubning turk auditoriyasidan tashqari, dunyo bo'ylab ham muxlislari salmoqli.
3. «PSV»
Niderlaniyaning mashhur klublaridan biri va shubhasiz shonli tarixga ega bo'lgan «PSV» doimo o'z o'yin uslubiga ega bo'lgan. 24 marta Erdiviziya g'olibligi, ikki marta Evropa chempionligini nishonlashga muyassar bo'lgan klub, dunyo futboliga ko'plab nomlarni etkazib bergan. Ruud van Nisterloy, Ronaldo hamda Ruud Gullit kabi mashhurlar dastlab, aynan «PSV»da porlashgan edi. Aynan shu sabab muxlislar hali hamon ushbu klub nomini hurmat bilan tilga oladi.
4. «Portu»
Portugaliyaning ikkinchi jamoasi bo'lgan «Portu» uzoq tarixiy davr mobaynida o'z qadriyatiga ega klub sifatida e'tirof etilgan. Ushbu jamoa Chempionlar ligasi, Evropa ligasi hamda Evropa super kubogini qo'lga kiritgan kam sonli klublardan biridir. 2003-2004 yillardagi klub muvaffaqiyatiga Joze Mourinyo bilan erishgandi. Bunday zafarli onlarga ega klubning muxlislari dunyo bo'ylab to'lib yotibdi.
5. «Reynjers»
Shotlandiya xalqining g'ururiga aylangan jamoa afsonaviy tarixga ega. Klub 55 marta mamlakat chempioni, 33 marta kubok sohibiga aylangan. «Reynjers» 1961 yilda ilk marta UEFA musobaqasining finaliga chiqqan Buyuk Britaniya klubi edi. Hozirda Stiven Jerarrd qo'l ostida yuksalishga harakat qilayotgan klub, amaldagi mamlakat chempioniga aylanishdi.
6. «Galatasaroy»
Turkiya chempionatining yana bir mashhur vakili bo'lgan Istanbul klubi, doimiy yuqori darajada turuvchi jamoalar sirasiga kiradi. Yaqin o'tmishda moliyaviy muammolarga duch kelgan «Galatasaray» hozirda grant klub sifatida barchaning hayolida gavdalanadi. Chunki klub 2000 yilda UEFA kubogi hamda Superkubokni qo'lga kiritgan yagona turk jamoasidir. Shuningdek, 22 karra mamlakat chempionligiga erishgan klubning dovrug'ini allaqachon butun dunyo biladi.
7. «Seltik»
Shotlandiya Premier ligasining shonli klublaridan yana biri bu «Seltik»dir. Doimo «Reynjers» bilan raqobatda bo'lgan klub, allaqachon mamlakatning yuziga aylangan. Ular 1967 yilda Evropa kubogini qo'lga kiritganidan keyin butun qit'ada ko'p sonli muxlislarga ega bo'lgan. Qolaversa, ular Birlashgan Qirollikda Evrokuboklarda yigirmanchi asrda eng ko'p ishtirok etgan jamoalardan biri sanaladi.
8. «Boka Xuniors»
Argentinaning dunyoga eng mashhur futbol targ'ibotchisiga aylangan klubning tarixiy yo'li juda ham murakkab. Shu bilan birga shonli hamdir. Bu jamoada natijalardan ko'ra, hissiyotlar ustun turadi deyishadi. Lekin ularda har ikkisi ham bor. «Boka Xuniors» qit'adagi eng ko'p xalqaro sovrinlarga ega chiqqan. 70 marotaba Argentina chempionligiga erishgan jamoaning dunyodagi muxlislari soni borgan sari oshib bormoqda.
9. «Benfika»
Portugaliya chempionatining eng kuchli jamoasi hisoblangan klubda o'ziga hos rekordlar mavjud. Ular 1960 yillarda futbol olamida etakchiga aylangan edi. Klub shu paytgacha Evrokuboklarda 10 marta finalga chiqqan. Milliy chempionatda esa 37 marta zafar quchgan. Mana shunday aql bovar qilmas natijalar bilan dunyo futbol ommasi nazariga tushgan klubning har qaysi qit'adan muxlislarini topsa bo'ladi.
10. «Ayaks»
Ro'yxatdagi birinchilik niderland jamoasiga nasib etdi. Aytish mumkinki, klub bunga to'laqonli munosib. Total futbolning ichki chempionatdagi yorqin namunasi bo'lgan «Ayaks», Niderlandiyaning eng kuchli klubidir. Dunyo futboliga Yoxan Kroyff, Marko van Basten kabi iste'dodlarni taqdim etgan jamoani yoqtirmaslikning iloji yo'q. O'ziga xos «yulduzlar fabrikasi» vazifasini bajarib kelayotgan klubning dunyo bo'ylab son-sanoqsiz fanatlari mavjud. Evropaning kuchli beshtalik chempionati klublariga raqobatdoshlik borasida «Ayaks»ga etadigani yo'q.
Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Bosh sahifaga
236