Simeone Liga 1ga yo'l olmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, «Kalyari» hujumchisi Jovanni Simeonega «Sankt-Peterburg»ning «Zenit» klubi qiziqish bildirgan.
Biroq u Rossiyaga yo'l olishni xohlamaydi. Argentinalik futbolchi katta ehtimol bilan «Marsel» a'zosiga aylanishi kutilmoqda.
Frantsuzlar Simeoneni 10 million evroga sotib olish sharti bilan ijaraga olishni reja qilgan. Keyinchalik esa barcha shartlar bajarilgandan so'ng to'liq xarid amalga oshishi mumkin.
Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda argentinalik futbolchi A Seriyaning 33 o'yinida maydonga tushib, 6 gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219