Tokio-2020. Dzyudo. Matniyozova niderlandiyalik raqibasiga yutqazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

Dzyudochimiz Gulnoza Matniyozova (-70 kg) Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari doirasida o'zining ikkinchi bellashuvini o'tkazdi. Unga ushbu bosqichda amaldagi jahon chempionati sovrindori raqiblik qildi.
Matniyozova unda ushbu vaznning birinchi saralangan vakili niderlandiyalik Sanne van Diyke bilan bahs olib bordi. Hamyurtimiz jangni faol boshlab, raqibiga nisbatan usul qo'lladi. Usul biroz oxiriga etmay qolgani uchun Gulnoza baho ishlay olmadi. Niderlandiyalik dzyudochi esa hamyurtimiz chalg'itgan holda uslubni chiroyli qo'lladi va "ippon" bilan g'alaba qozondi.
Shu tariqa, Matniyozova yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi. Endi ushbu dzyudochimiz aralash jamoaviy yo'nalishda ishtirok etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
320