«Roma» Shomurodovga jiddiy qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 167

«Roma» klubi «Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodovni qo'lga kiritish uchun jiddiy ish boshladi.
"Football Italia" xabar tarqatishicha, rimliklar 26 yoshli futbolchi uchun 15 million evro taklif qilishdi. Ammo "Jenoa" 20 million evro talab qilmoqda. Bundan tashqari, "bo'rilar" o'zbekistonlik futbolchining agentlari bilan aloqaga chiqishgan.
Eslatib o'tamiz, genuyaliklar Shomurodovni 2020 yilda 7,5 million evro evaziga "Rostov"dan sotib olishgandi. Eldor debyut mavsumida 31ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va bitta assist muallifiga aylandi.
Ma'lumotlarga qaraganda, "Jenoa" Shomurodovning o'rniga hujumchi qidira boshlagan. U "Dinamoa Kiev" klubi a'zosi Vladislav Supryagaga ko'z tikmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224