«Roma» Shomurodov uchun «Jenoa»ga qancha taklif qildi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 350

Rimning «Roma» klubi hamyurtimiz Eldor Shomurodovni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilmoqda. Bu taklif avvalroq ham ommaga ochiqlangandi.
Manbaga ko'ra, «bo'rilar» Shomurodov uchun «Jenoa»ga 15 million evro miqdorida tovon puli taklif qilishgan. Ammo klub 20 million talab qilmoqda. Muzokaralar hali ham davom etmoqda.
Ma'lumot uchun, 2020/2021 yilgi mavsumda Shomurodov A Seriya doirasida «Jenoa» tarkibida 31 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol va 1 ta golli pasni amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
204