Tokio-2020. Suzuvchimiz startini yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

O'zbekiston delegatsiyasi a'zolarining Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida bugungi kun dasturidan o'rin olgan chiqishlari tugadi. Suzuvchimiz Xurshidjon Tursunov bugungi bahslarni yakunlab berdi.
100 metrga erkin usulda suzish bahslarida ishtirok etgan Tursunov 50.14 soniya natija qayd etdi. Bu yarim finalga yo'l olish uchun etarli bo'lmadi va navoiylik sportchimiz shu bilan Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi. Uning natijasi 70 sportchi orasida 41-o'rinda qayd etildi.
Eslatib o'tamiz, ushbu sport turida yurtimiz sharafini himoya qiladigan boshqa bir atletimiz Natalya Kritinina 30 iyul kuni 50 metrga erkin usulda suzish dasturida o'z omadini sinab ko'radi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215