Tokio-2020. Boks. Bobousmon Baturovdan ishonchli g'alaba
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

Bokschimiz Bobousmon Baturov delegatsiyamizning bugungi kun dasturidagi ilk g'alabasini taqdim qildi. Vakilimiz dastlabki bahsda dominikanlik Rohan Emiliano Polangoga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang avvalidan o'z ustunligini namoyish qilgan Baturov yakunda ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Bobousmon uchinchi raundda hakam tomonidan ogohlantirilgani uchun undan bir ball olib tashlandi. Natijada bir hakamning bahosi durang bo'lib qoldi — 4:0 (29:27, 29:27, 29:27, 29:27, 28:28).
Vakilimiz shu tariqa chorak final bosqichiga yo'l oldi. Ushbu bosqichda u britaniyalik Pet Makkormakka qarshi ringga ko'tariladi. Bu jang 30 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220