Tokio-2020. Taekvondo. Svetlana Osipova alamli tarzda mag'lub bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari doirasida taekvondo bahslariga ham start berildi. Dastlabki bellashuvlarning birida hamyurtimiz Svetlana Osipova ishtirok etdi.
Vakilamiz ilk bellashuvini qozog'istonlik Janzel Denizga qarshi o'tkazdi. Murosasiz bellashuv 9:9 hisobida yakunlanayotgan bir paytda so'nggi soniyada hamyurtimiz qo'l zarbasini o'tkazib yubordi va mag'lub bo'ldi.
Endi u qozog'istonlik raqibasi finalga etib borgan taqdirda bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
209