«Tottenxem» xorvatiyalik futbolchi transferiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Insider jurnalist Nikolo Skira ma'lum qilishicha, Londonning «Tottenxem» klubi «Marsel» klubi futbolchisi Due Chaleta-Tsar transferi bo'yicha muzokaralarni boshlashgan.
Chaleta-Tsar 2018 yildan beri «Marsel» sharafini himoya qilib keladi. Avvalgi mavsumda xorvat futbolchisi Frantsiya chempionatida 33 uchrashuv o'tkazgan, ikkita gol urgan, 1 golli uzatma amalga oshirgan.
Due oldinroq «Shibenik», «Pashing», «Lifering» va «RB Zaltsburg» jamoalarida o'ynagan.
2018 yildan beri Due Chaleta-Tsar Xorvatiya terma jamoasia'zosi hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262