Romero London klubi bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 187

«Tottenxem» «Atalanta» himoyachisi Kristian Romero transferi uchun italyanlarga 50 million evro taklif qildi.
Biroq Bergamo klubi bu taklifni rad etdi, deya xabar beradi Tuttosport. «Shporlar» allaqachon futbolchi bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan, ammo klub bilan kelishish ancha qiyin bo'lmoqda.
Ma'lumot uchun, so'nggi mavsumda 23 yoshli markaziy himoyachi barcha turnirlar doirasida 42 ta o'yin o'tkazib, 3ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253