Mata faoliyatini tugatgandan keyin, "MYu"da boshqa lavozimda ishlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata futbolchilik faoliyati yakunlanganidan
keyin ham klub tizimida qolishi mumkin, deb xabar beradi ingliz nashrlari.
Manbaning xabariga ko'ra, ingliz klubi 33 yoshli futbolchiga shartnoma muddati tugashi bilan klub elchisi lavozimini taklif qilmoqchi. Avvalroq, ispaniyalik futbolchi murabbiylik kurslariga qatnay boshlagani xabar qilingan edi.
Iyul oyi boshida Mata "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini 2021/22-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan edi.
O'tgan mavsum yarim himoyachi 18 uchrashuvda qatnashdi, 3 gol urdi va 3 golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253