Lamela «Sevilya» futbolchisiga aylanishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

«Tottenxem» yarimhimoyachisi Erik Lamela faoliyatini «Sevilya»da davom ettirishi mumkin.
Football Espana xabariga ko'ra, 29 yoshli argentinalik Ispaniyaga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun etib kelgan.
Ma'lumot uchun, Lamela 2013 yildan beri «shporlar» tarkibida o'ynab keladi. Uning transfer qiymati 16 million evroga baholangan.
O'tgan mavsumda Lamela 35 o'yinda to'rtta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
263