«Milan» futbolchisini ortga qaytarishni reja qilgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

«Milan» «Chelsi» yarimhimoyachisi Temue Bakayokoga qiziqish bildirmoqda.
Calciomercato xabariga ko'ra, «rossonerilar» sotib olish sharti bilan futbolchini ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, 26 yoshli futbolchining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Qizig'i, Temueda allaqachon «Milan»da o'ynash tajribasi bor. U 2018/19 yilgi mavsumda «rossoneri»lar sharafini himoya qilgan.
Bakayoko o'tgan mavsumni ijara asosida «Napoli» da o'tkazdi. Uning hisobida 44 ta o'yinda ikkita gol va ikkita golli pas bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270