«Roma» va «Benfika» ukrainalik futbolchi uchun kurash olib boradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

«Gent» va Ukraina terma jamoasi hujumchisi Roman Yaremchuk Evropaning ikki klubi e'tiborini tortgan.
Bu haqda italiyalik insayder Nikolo Skira xabar bermoqda. «Roma» va «Benfika» ayni damda ukrainalik hujumchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
Ma'lumot uchun, Transfermarkt Yaremchukni 17,5 million evroga baholagan. Ukrainalikni Belgiya klubi bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194