Tokio-2020. Qilichbozlik. Dayibekova xitoylik kuchli sportchini engib, keyingi bosqichga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Qilichbozlik sport turining sablya yo'nalishida Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga tashrif buyurgan Zaynab Dayibekova musobaqadagi ikkinchi bahsini o'tkazdi. Bu safar unga reytingda 3-o'rinni egallab turgan xitoylik Shao Yatsi raqiblik qildi.
Hamyurtimiz bu bahsni ham hujumkor ruhda o'tkazib, ishonchli g'alaba qo'lga kiritdi. Birinchi bo'limdan so'ng hisob 8-5ga etgan bo'lsa, yakuniy hisob 15-10 ko'rinishda bo'ldi.
Shu tariqa, Zaynib nimchorak finalga chiqdi. U keyingi davrada Italiya va Janubiy Koreya vakillari o'rtasidagi jang g'olibiga qarshi kurashadi. Dayibekova ishtirokidagi nimchorak final bahsi Toshkent vaqti bilan 09:35da start oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
166