Tokio-2020. Zaynab Dayibekova hamyurtlarimizning bugungi chiqishini muvaffaqiyatli boshlab berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

O'zbekiston delegatsiyasi uchun Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining uchinchi kun bahslari boshlandi. Vakillarimiz orasida qilichbozimiz Zaynab Dayibekova birinchi bo'lib startga chiqdi.
Sablya yo'nalishida kechgan jangda qilichbozimiz mezbonlarning asosiy vakillaridan biri Aoki Chikaga qarshi bahs olib bordi. Murosasiz o'tgan bellashuv Dayibekovaning 15:9 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi va yurtdoshimiz keyingi bosqichga yo'l oldi.
Endi u xitoylik Yatsi Shao bilan hisob-kitob qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
285