«Inter» bosh direktori Lukakuning kelajagiga oydinlik kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

«Inter» bosh direktori Beppe Marotta belgiyalik hujumchi Romelu Lukakuning klubdagi kelajagi haqida gapirdi.
«Romelu Lukaku yozda hech qaerga ketmaydi, albatta. U «Inter»ning asosiy
futbolchisi», - dedi Marotta «Mediaset» nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Lukaku «Inter»ga 2019 yilning yozida «MYu»dan 85 million evro evaziga o'tgan edi.
O'tgan mavsumda belgiyalik A Seriyada 36ta o'yin o'tkazib, unda 24ta gol urdi va 11ta golli pas berishni uddaladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194