«Manchester Yunayted» Varan bilan kelishuvga erishdi(mi?)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121
Frantsiyaning «TF1» nashrining yozishicha, «Manchester Yunayted» «Real» futbolchisi Rafael Varan transferi borasida kelishuvga erishgan.
Varan jamoaning qolgan qismi bilan mavsumoldi tayyorgarligi uchun «Real Madrid»ning mashg'ulot bazasiga qaytdi, ammo hali klub bilan yangi shartnoma imzolamadi.
«Qaymoqranglilar» frantsuz himoyachisining avvalgi 80 million evrolik narxini ancha pasaytirdi, chunki ular amaldagi shartnomasi tugagach, 2022 yilda futbolchini bepul qo'yib yuborishni istamayapti.
Ammo, «L'Equipe» nashri mazkur ma'lumotni rad etgan. Manbaning ta'kidlashicha, «Manchester Yunayted» futbolchi uchun rasmiy taklif yubormagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!