Niderlandiyalik futbolchi allaqachon Germaniya klubi bazasiga etib kelgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 87
"PSV" forvardi Deniel Malen tez orada Dortmundning «Borussiya» klubi futbolchisiga aylanadi.
Jurnalist Kilian Gaffreyning xabar berishicha, 22 yoshli hujumchi allaqachon nemis klubi bazasiga etib kelgan. Bugun u yangi klubi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi.
Insayder Fabrizio Romano «Borussiya» transfer bo'yicha hujjatlarning birinchi qismini allaqachon imzolaganligini ta'kidlab o'tmoqda.
Eslatib o'tamiz, ushbu transfer narxi 30 million evroni tashkil etishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!