Tokio-2020. Ulug'bek Rashitov — olimpiada chempioni!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

Tokio olimpiadasining ikkinchi kunida hisobimizga oltin medalni qo'shib qo'ydik. 19 yoshli taekvondochimiz Ulug'bek Rashitov sensatsion ravishda chempionlikni qo'lga kiritdi.
Hamyurtimiz finalda reytingning ikkinchi pog'onasini egallab turgan britaniyalik Bredli Sindenga qarshi dayanga chiqdi.
Sportchilar o'ta murosasiz jang olib borishdi. Dastlabki ikki raunddan keyin Ulug'bek kichik farq bilan oldinda bordi. Uchinchi bo'limda esa ochiq jang boshlanib ketdi. Ba'zida u sportchi, ba'zida bunisi hisobda oldinga chiqib oldi.
Bahs tugashiga 5-6 soniya qolganida Rashitov aylanma zarba bilan raqibning qornini aniq nishonga olgani uchun birdaniga 4 ball to'plagan holda hisobda oldinga o'tib oldi va jangni g'alaba bilan yakunladi — 34:29!
O'zbekiston delegatsiyasi olimpiya o'yinlari tarixida ilk marta taekvondo sport turida oltin medalni qo'lga kiritdi.
Dastlabki oltin medal muborak bo'lsin, aziz hamyurtlar!

Bosh sahifaga
277