Germaniyada yilning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94
«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel Germaniyaning 2021 yildagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
G'olib nemis sport jurnalistlari assotsiatsiyasi (VDS) a'zolari tomonidan aniqlandi, so'rovnoma «Kicker» nashri tomonidan o'tkazildi.
Tuxel 129 ovoz to'pladi. Ikkinchi o'rinda «Bavariya» ustozi Xansi Flik (118), keyingi o'rindan esa «Borussiya» murabbiyi Edin Terzich joy oldi (75).
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda «Chelsi» Tuxel bilan Chempionlar Ligasini yutgan edi. Flik 2021 yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionati va Bundesligani qo'lga kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!