«Napoli» xavbeki mavsumning katta qismini o'tkazib yuborishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82
«Napoli»ning nemis yarimhimoyachisi Diego Demme jarohati sabab mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin.
Sky Sports xabariga ko'ra, futbolchi "Pro Verchelli" bilan o'rtoqlik uchrashuvida (1:0) tizzasidan jarohat olgan. Diegoga tizzaning xoch to'qimalari yorilishi tashxisi qo'yilgan. Uning jarohati tufayli olti oygacha maydonga tusha olmasligi kutilmoqda.
O'tgan mavsumda 29 yoshli Demme «Napoli» tarkibida barcha turnirlar doirasida 35 uchrashuv o'tkazdi va uchta gol urib, to'rtta golli pas berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!