Donnarumma «PSJ»da yiliga qancha ishlab topishi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119
«L'Equipe» nashri xabariga ko'ra, «PSJ»ning yangi darvozaboni Janluiji Donnarumma yiliga etti million evro maosh oladi.
Manbaning xabariga ko'ra, darvozabonning frantsuz klubidagi ish haqi «Milan» taklif qilgan maoshdan kamroq bo'ladi. Ta'kidlanishicha, milanliklar kiperga yiliga 8 millionlik shartnoma taklif qilgan,biroq Donnarumma mazkur bitimdan voz kechib, parijliklar shartnomasiga rozi bo'lgan.
Ma'lum bo'lishicha, soliqlarni hisobga olgan holda Donnarumma «PSJ»da yiliga 13 million evro ishlab topadi.
22 yoshli Donnarumma - «Milan» tarbiyalanuvchisi. Posbon Italiya klubi safida 251 uchrashuv o'tkazdi va 265 gol o'tkazib yuborgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!