Tokio-2020. Afsonaviy Oksana uchun Olimpiada yakunlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 193

Sport gimnastikasi bo'yicha hamyurtimiz Oksana Chusovitina bundan biroz oldin saralash bahsidagi ishtirokini yakunladi. Oksana tayanib sakrash yo'nalishida 14.166 ochko jamg'arib, 11-o'rinni egalladi va musobaqani erta tark etdi.
Afsonaviy Oksana ushbu Olimpiada professional faoliyatidagi so'nggisi bo'lishini ma'lum qildi. 46 yoshli Oksana o'zining 8-Olimpiadasida ishtirok etdi va bu borada mutlaq rekordchiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200