"Atletiko" va "Chelsi" sobiq futbolchisi Portugaliya klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 75
Portugaliyaning "Benfika" klubi forvard Diego Kostani sotib olmoqchi, deya xabar beradi jurnalist Rudi Galetti o'z tvitter sahifasida.
Manbaning xabariga ko'ra, portugaliyaliklar allaqachon futbolchi vakillari bilan bo'lajak shartnoma borasida muzokaralar olib borishmoqda. Shuningdek, Kostaga "Beshiktosh" ham qiziqish bildirmoqda.
Ispaniyalik futbolchi 1 mavsum uchun 3 million evro va qo'shimcha bonuslarni olmoqchi. Hozirda u erkin agent hisoblanadi. Transfermarkt portali futbolchini 6 millionga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!