Tokio-2020. Velosport. Zabelinskaya finishga 9-o'rinda keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 76
Olimpiya o'yinlari doirasida hamyurtimiz Olga Zabelinskaya ham o'z ishtirokini yakunladi. Velosportchimiz shossening guruh poygasi dasturida 137 km masofani bosib o'tdi.
U finishga to'qqizinchi bo'lib etib keldi. Olga oltin medalni qo'lga kiritgan avstriyalik Anna Kiezenxoferdan 1 daqiqayu 46 soniya ortda qolgan bo'lsa, uchinchi o'rinni egallagan sportchidan finishga 17 soniya kechroq keldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!