«Milan» etakchisiga shartnoma taklif qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 92
«Milan» yarim himoyachisi Frenk Kessi klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaning xabariga ko'ra, Milan klubi rahbariyati yangi shartnoma borasida muzokara olib borish uchun 24 yoshli ivuarlik futbolchining agenti bilan uchrashishga tayyor. Xabar qilinishicha, «Milan» yiliga 5 million evro va bonuslarni taklif qilishga tayyor, garchi futbolchining o'zi 6 million evro maosh olishni istasa ham.
O'tgan mavsum Kessi A Seriyaning 34 o'yinida 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!