«Bavariya» Niderlandiyadan ikki futbolchini nishonga olgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

Myunxenning «Bavariya» klubi Gollandiya chempionatining ikki futbolchisini nishonga olgan.
Sky Sports xabariga ko'ra, gap «Ayaks» yarimhimoyachisi Antoni va «PSV» yarimhimoyachisi Kodi Gakpo haqida ketmoqda.
Qayd etilishicha, «Ayaks» 21 yoshli braziliyalik uchun 32 million evro talab qilmoqda. «PSV» 22 yoshli gollandiyalik futbolchining sotilishidan 25-30 million evro ishlab olmoqchi. Gakpo masalasida «Bavariya» transferning barcha shartlaridan norozi.
O'tgan mavsumda Gakpo 29 o'yin o'tkazib, 11 gol urgan va 4 golga uzatma bergan. Antoni hisobida 46 uchrashuvda 10 ta gol va 9 ta golli pas bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242