Sulsher Pogbaga ishonadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Pol Pogbaning keyingi
mavsumda ham jamoada qolishini kutmoqda.
Futbol insayderi Fabritsio Romano o'zining Tvitterdagi sahifasida mutaxassisning so'zlarini keltirdi. Klub Pogbaning vakillari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda, murabbiy frantsuz futbolchisi bilan shaxsan suhbatlashdi va Pol 2021/22 yilgi mavsumni «Yunayted» bilan o'tkazishga tayyorligiga ishonmoqda.
Oldinroq «PSJ» Pogbaga da'vo qilayotgani, Parij klubi yarim himoyachi uchun qariyb 60 million evro to'lashga tayyorligi haqida xabar bergan edik.
O'tgan mavsumda Pogba APLda 26 uchrashuv o'tkazdi, uchta gol urdi va beshta golli pas berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
240