Vernerga kutilmagan taklif paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

Football Insider xabariga ko'ra, «Bavariya» Timo Vernerga qiziqish bildirmoqda. «Chelsi» futbolchini katta tovon puli evaziga sotib yuborishga qarshi emas.
Katta ehtimol jamoalarning bitim tuzishlari kutilmoqda. Londonliklar Myunxen klubiga Robert Levandovski variantini ham ushbu transferga qo'shishni taklif qilgan. Biroq, bunday almashinuv ushbu transfer oynasida amalga oshishi ehtimoldan yiroq.
Verner o'zining kelajagi haqida omma oldida gapirmadi. Futbolchi «Chelsi» bilan Chempionlar Ligasida g'olib chiqdi, ammo uning individual o'yinlari sifati hahida ko'pchilik ekspertlar e'tiroz bildirishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221