«Yuventus» futbolchisi jamoada qolishni xohlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

«Yuventus» hujumchisi Federiko Bernardeski jamoada qolishni istamoqda, deb xabar beradi «Caolciomercato.com»
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi chet el klublarining bir nechta takliflarini rad etgan. U Massimiliano Allegri qo'l ostida «Yuve»dagi faoliyatini qayta boshlamoqchi. Tez orada «keksa sinora» Bernardeskining kelajagi borasida futbolchining agenti Mino Rayola bilan muzokara olib boradi.
27 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda "Yuventus" tarkibida barcha musobaqalarda 39 uchrashuv o'tkazgan va uchta golli uzatmani amalga oshirgan. Italiya terma jamoasi tarkibida Bernardeski Evro-2020 g'olibiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
323