«Borussiya D» Holand uchun hech qanday taklif olmagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

Dortmundning «Borussiya» klubi forvard Erling Xoland uchun rasmiy taklif olmadi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaning xabariga ko'ra, bugungi kunda 21 yoshli norvegiyalik hech qanday klub bilan shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga ega emas. Avvalroq, «Chelsi» hujumchini sotib olish uchun 170 million evro sarflashga tayyorligi haqida xabarlar tarqaldi.Biroq, ma'lum bo'lishicha, «aristokratlar» rasmiy taklif bilan murojaat qilmagan.
2020/21 yilgi mavsumda Xoland "Borussiya" tarkibida 41 ta gol va 12 ta golli pas evaziga 41 uchrashuv o'tkazdi. Transfermarket portali 21 yoshli norvegiyalikni 130 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264