Bu «Barcelona»ni xavotirga soladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 196

«Barcelona» Antuan Grizmannga bosim o'tkazishda davom etadi. Kataloniya klubi rahbariyati zudlik bilan ma'lum qarzlardan va katta maoshlardan xalos bo'lishni o'ylab ko'rmoqda.
Rahbariyat frantsuzga boshqa chempionatga yo'l olishni taklif qilgan. Biroq Grizmann bu variantdan mamnun emas. Hujumchi o'zi uchun yagona variant - «Atletiko»ga qaytish ekanligini ta'kidlagan.
Avvalroq kataloniyaliklar bunday ehtimoliy transferdan noroziligini bildirgan edi. Chunki klub avvalgi xunuk holat - Luis Suares bilan bog'liq vaziyat takrorlanishidan qo'rqadi. Kataloniyaliklar ashaddiy raqiblarining kuchayib ketishidan xavotirda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187