Tokio-2020. Taekvondo. Ulug'bek Rashidov chorak finalga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

Taekvondochimizning muvaffaqiyatli yurishi davom etadi. Ushbu sport turida 2-bosqich bahslari boshlandi.
-68 kg vazn toifasida o'zbekistonlik Ulug'bek Rashidov ikkinchi bahsda sensatsion tarzda koreyalik 3 karra jahon chempioni, ushbu vazning birinchi raqamli vakili Li De Hunni qo'shimcha bo'limlardagi oltin ochko evaziga 21:19 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Rashidov ilk bosqichda malilik Seydu Fofanadan (38:17) ustun kelgandi. Endi Ulug'bek Rashidov chorak finalda dunyo reytingida 8-o'rinda turuvchi eronlik Hosseni bilan tuqnash keladi.
Uchrashuv O'zbekiston vaqti bilan 11:50 larda start olishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194