Tokio-2020. Hamyurtlarimizning uzoq kutilgan g'alabasiga Ulug'bek Rashitov mualliflik qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

Biroz avval taekvondo bo'yicha navbatdagi bellashuvlarga ham start berildi. Unda hamyurtimiz Ulug'bek Rashitov (-68 kg) hamyurtlarimizning Tokio-2020 Olimpiya o'yinlaridagi uzoq kutilgan g'alabasiga mualliflik qildi.
Dastlabki saralash bosqichida hamyurtimizga malilik Seydu Mofana raqiblik qildi. Murosasiz kechgan jangda vakilimiz 38:17 hisobida g'alaba qozonib, nimchorak finalga yo'l oldi. Hamyurtimiz chorak final yo'llanmasi uchun 3 karra jahon chempioni, Olimpiya o'yinlarining 2 karra sovrindori janubiy koreyalik Li De Xunga qarshi dayanga chiqadi. Bo'lajak bahsda ham yurtdoshimizga omad tilab qolamiz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
612