Manba: "Borussiya" Dortmund 30 mln evroga hujumchi sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 237
PSVning niderlandiyalik hujumchisi Doniel Malen Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchisiga aylandi, deb xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaning xabariga ko'ra, nemis klubi forvardning transferi uchun PSVga 30 million evro to'laydi. Futbolchi yangi jamoasi bilan 2026-yilgacha shartnomani imzolaydi. Uning maoshi esa yildan-yilga o'sib boradi.
Transfer bir hafta ichida rasman e'lon qilinadi.
O'tgan mavsum Malen PSV safida niderlandiya chempionatida 32 o'yin o'tkazib, unda 19 ta gol urdi va 8 ta golli pas berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!