Yosh polvonlarimiz jahon chempionatida 5 ta medalga sazovor bo'lishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Ayni kunlarda Vengriyaning Budapesht shahrida sport kurashlari bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati bo'lib o'tmoqda. Unda ishtirok etayotgan yosh polvonlarimiz hozircha 5 ta medalni qo'lga kiritishdi.
Erkin kurash bo'yicha -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Kamronbek Qadamov barcha raqiblarini mag'lub etib, oltin medalga sazovor bo'ldi. -51 kgda kurashgan Nodirbek Jumanazarov esa kumush medal bilan taqdirlandi.
Shuningdek, yana bir erkin kurashchimiz Umidjon Iskandarov (-45 kg), qizlarimiz Elmeken Esenbaeva (-61 kg) va Xurshida Kasimova (-65 kg) bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Hozirda yunon-kurashchilarimiz medallar uchun kurashni davom ettirishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224