«PSJ» Pogba transferiga qarshi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

«Pari Sen-Jermen» muxlislari «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogbani o'z klublarida ko'rishni istashmayapti.
Get French Football News’ning xabar berishicha, parijlik muxlislar Pogbaning transferiga qarshi norozilik namoyishi sifatida «Stad de Prens» o'yingohi tashqarisida turli yozuvlar yozilgan bannerlarni ilib ketishgan. Ulardan birida «Pogba onangning gaplariga quloq tutganing ma'qul. U sen Parijda o'ynashingni istamaydi. Biz ham!», - deya yozilgan.

Avvalroq, «PSJ» Pogba uchun «MYu»ga 50 million evro taklif etmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.
Ma'lumot uchun, Pogba APL yakunlangan mavsumida 26 o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va shuncha assistga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219