Dibalaning kelajagi hal bo'lish arafasida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

"Yuventus" klubi yaqin vaqtlar ichida Paulo Dibala bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlaydi, deya xabar bermoqda "Calciomercato" nashri.
Argentinalik futbolchining "keksa sinora" bilan shartnomasi yakunlanishiga atigi bir mavsum qoldi. Manbada ta'kidlanishicha, yaqin vaqtlar ichida uning Turin klubida qolish yoki qolmasligi ma'lum bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda "Barselona" klubi Grizman va Dibala rokirovkasi masalasida "Yuventus"ga taklif yuborgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
277