Sulsher jamoasining maqsadlari haqida gapirib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

"Manchester Yunayted" klubi bilan shartnomasini uzaytirgan Sulsher o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Hamma mening ushbu klubga bo'lgan munosabatimni biladi. Men yangi shartnoma imzolaganimdan xursandman. Biz yoshlik va tajriba muvozanatiga mos kompozitsiya qurdik. Futbolchilarimiz muvaffaqiyatga chanqoq.
Menda ajoyib murabbiylar shtabi bor, barchamiz safarimizdagi keyingi qadamga tayyormiz. «Manchester Yunayted» eng katta va eng yaxshi sovrinlarni yutishni xohlamoqda. Biz hammamiz shu narsaga intilamiz. Maydonda ham, tashqarida ham yaxshiroq bo'ldik. Kelgusi mavsumlarda ham rivojlanishda davom etamiz", - dedi Sulsher
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228