Tokio-2020. Velosportchimiz 64-bo'lib marraga etib keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Velosportchimiz Murodjon Xolmurodov ham Tokio-2020 Olimpiya o'yinlaridagi ishtirokini yakunladi. Hamyurtimiz shossedagi guruh poygasida munosib raqobat olib bordi.
Reglamentga ko'ra, poyga tog'li va tekis yo'llardan iborat 234 km masofada o'tkazildi. 130 nafarga yaqin sportchi startga chiqqan bellashuvda vakilimiz 64-bo'lib marraga etib keldi. Qayd etish joiz, ishtirokchilarning yarmi ushbu poygada finishga etib kela olmadi.
Veloshosse, guruh poygasi. 234 km
Erkaklar:
1. Richard Karapas (Ekvador) – 6:05.26
2. Vout van Art (Belgiya) – 6:06.33
3. Tadey Pogachar (Sloveniya) – 6:06.33
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227