"Tottenxem" futbolchisi Qatar klubiga o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

Himoyachi Tobi Alderveyreldning "Tottenxem" klubidagi kunlari tobora nihoyasiga yaqinlashib qoldi.
"The Telegraph" xabariga ko'ra, London klubi 32 yoshli futbolchining Qatarning «Al-Duxail» jamoasiga o'tishi borasida kelishib olgan.
«Shporlar» belgiyalik uchun 13 million funt (deyarli 15,2 million evro) oladi. Endi Alderveyreld Qatar klubi bilan shahsiy shartnoma shartlarini kelishib olishi va tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.
Eslatib o'tamiz, futbolchining «shporlar» bilan amaldagi shartnomasi ikki yildan so'ng o'z nihoyasiga etadi. U klubga 2015 yilda qo'shilgan.
O'tgan mavsumda Alderveyreld Premer-ligada 25 ta o'yin o'tkazdi va 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260