Sancho «Manchester Yunayted»da qaysi raqamda o'ynashi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

Jeydon Sancho «Manchester Yunayted»da qaysi raqam ostida to'p surishi ma'lum qilindi. Bu haqda «mankunyanliklar» Twitter sahifasi xabar berdi.
«Qizil iblislar» 23 iyul kuni Jeydon Sanchoni klub futbolchisi sifatida omma e'tiboriga tanishtirdi. Angliyalik 21 yoshli futbolchi «Manchester Yunayted»ning 25 raqamini egalladi.

U Dortmundliklar safida 7-raqamda to'p surgan. Manchester klubida bu raqam Edinson Kavaniga tegishli.
Ma'lumot o'rnida, «Manchester Yunayted» Sancho uchun nemis klubiga 85 million evro to'ladi. Jamoa bungacha faqat Pol Pogba (105 million evro) va Harri Maguayr (87 million evro) uchun bundan ko'proq sarflagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
271