Vidalga Lotin Amerikasidan jiddiy takliflar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

Italiya matbuoti xabariga ko'ra, Milanning «Inter» klubi o'z faxriysi Arturo Vidal bilan xayrlashmoqchi.
Gap shundaki, Arturoga Janubiy Amerikadan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda.
«Boka Xuniors», «Flamengo» va «Amerika» futbolchi uchun raqobatga kirishgan. Vidalning o'zi agentlariga bunday variantlar unga qiziq emasligi to'g'risida xabar bergan. Futbolchi Evropada o'ynashni afzal ko'radi.
Ma'lumot uchun, o'gan mavsumda Vidal «Inter» bilan Italiya chempioniga aylangandi, ammo hozir u jamoa etakchisi va asosiy o'yinchisi emas.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252