Pochettino PSJ bilan shartnomasini uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

PSJ bosh murabbiy Maurisio Pochettino bilan shartnomani uzaytirdi.
Parijliklar matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 49 yoshli argentinalik klub bilan 2023 yil iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekkan.
Mutaxassis o'tgan mavsum o'rtasida jamoa boshqaruviga kelgandi. Uning qo'l ostida PSJ Frantsiya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, Pochettino 2001-2003 yillar mobaynida parijliklar tarkibida o'ynagan va 2001 yili Intertoto Kubogini qo'lga kiritgan.
Manba: twitter.com/PSG_insideFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267